O'zbekiston o'tgan oyda bir nechta davlatdan samolyot sotib olgan

    Ularning umumiy qiymati 719,6 million AQSH dollariga teng.

    Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston 2023-yilning yanvar—fevral oylarida xorijdan qiymati 719,6 million AQSH dollariga teng bo'lgan 14 ta samolyot import qilgan.

    Samolyot import qilingan davlatlar:

    — Germaniya – 6 ta (421,7 mln)

    — Litva – 4 ta (66,7 mln)

    — SHveytsariya – 1 ta (86,5 mln)

    — Frantsiya – 1 ta (64,3 mln)

    — Singapur – 1 ta (61,6 mln)

    — Buyuk Britaniya – 1 ta (18,8 mln AQSH dollari)

    Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 2023-yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSH dollariga teng bo'lgan 13 ta samolyot import qilgan.