Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston 2023-yilning yanvar—fevral oylarida xorijdan qiymati 719,6 million AQSH dollariga teng bo'lgan 14 ta samolyot import qilgan.

Samolyot import qilingan davlatlar:

— Germaniya – 6 ta (421,7 mln)

— Litva – 4 ta (66,7 mln)

— SHveytsariya – 1 ta (86,5 mln)

— Frantsiya – 1 ta (64,3 mln)

— Singapur – 1 ta (61,6 mln)

— Buyuk Britaniya – 1 ta (18,8 mln AQSH dollari)

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 2023-yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSH dollariga teng bo'lgan 13 ta samolyot import qilgan.