Soʻnggi tur doirasida kecha tunda Eronga qarshi bahs olib borgan yoshlarimiz 1:1 hisobini qayd etib, murosa yoʻlini tanlashdi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Otabek Joʻraqoʻziyev hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimda bor eʼtiborini hujumga qaratgan eronliklar 62-daqiqada oʻz maqsadlariga yetdi. Gol muallifi Ariya Yusufiy. Oʻyinning qolgan qismida darvozalarga boshqa toʻp kiritilmadi va jamoalar oʻz hisoblariga 1 ochkodan qoʻshib qoʻyishdi.
U 23 Osiyo kubogi
Oʻzbekiston 1 – 1 Eron
Gollar: Otabek Joʻraqoʻziyev 22 – Ariya Yusufiy 62
Shu tariqa “A” guruhida 7 ochko jamgʻargan Temur Kapadze shogirdlari 1-oʻrin bilan chorak finalga yoʻl oldi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda 0:2 hisobida ortda qolayotib, ajoyib kambek uyushtirgan Turkmaniston 4 ochko toʻplagan holda 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ularning chorak finaldagi raqibi “V” guruhi gʻolibi Avstraliya boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, yigitlarimiz yarim final chiptasi uchun 11-iyun kuni Iroq jamoasini magʻlub etishi kerak.