Taʼkidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev mamlakat elektr tizimini sovet davridagi muhandislik qoldiqlaridan, quyosh energetikasiga eʼtibor qaratgan holda yashil kelajak sari intilayotgan tizimga aylantirishga intilmoqda.
Xususan, mamlakatimizning tabiiy gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaramligini hozirgi 83 foizdan 50 foizga keskin qisqartirish, atmosferaga chiqariladigan yuz minglab tonna parnik gazlari miqdorini kamaytirish rejalari keltirilgan.
“Ular [Oʻzbekiston] atrof-muhitni asrash va elektr tizimini qayta qurish boʻyicha qilayotgan ishlari hayratlanarli va ilhomlantiradi”, deyiladi maqolada.