XVJ maʼlumotlariga koʻra, barqaror asosiy koʻrsatkichlar, yetarli zaxiralar va yuqori oltin narxlari hukumatga pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish va stabilliklikni saqlab qolish uchun qatʼiy choralar koʻrish imkonini berdi.
Buning natijasida 2020-yil oxirida boshlangan iqtisodiy tiklanish 2021-yilda jadallashib, oʻsish 7,4 foizgacha tezlashdi. Global oziq-ovqat va xom ashyo narxlarining bosimi inflyatsiyani oshirdi, ammo nisbatan qattiq pul-kredit siyosati inflyatsiyani 2021-yil oxiriga kelib 10 foizga tushirdi.
Qayd etilishicha, hukumat Ukrainadagi mojaro oqibatlarining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining zaif qatlamini moddiy qoʻllab-quvvatlash, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va boshqalarga qaratilgan toʻgʻri choralar koʻrdi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xalqaro tranzaksiyalarni sanksiyaga uchramagan kanallar orqali amalga oshirib, vaziyatga tez moslasha olgan koʻrinadi.