Portalda yozilishicha, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan «Xitoy va globallashuv» markazi vakillari parlament saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
«O‘zbekistonga safari davomida ular bir qator saylov uchastkalarida bo‘ldi, mamlakat haqida chuqurroq ma’lumot oldi, O‘zbekiston parlamenti saylovida ovoz berish jarayonini kuzatdi», – deyilgan maqolada.
Qayd etilishicha, saylovda butun dunyodan 850 dan ziyod xalqaro kuzatuvchi, xalqaro tashkilotlar va xorijiy saylov komissiyalari vakillari ishtirok etdi.
Xitoy kuzatuvchilar missiyasi a’zolari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarini ijobiy baholab, saylov jarayoni demokratik, ochiq va oshkora o‘tgani respublikaning siyosiy ochiqligi va bag‘rikengligini aks ettiradi, deb hisobladi.
Maqolada 37 milliondan ortiq aholiga ega, aholisining o‘rtacha yoshi 27 yosh bo‘lgan O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga va rivojlanish uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.
«Xitoy va globallashuv tahliliy markazi sayti, shuningdek, «Joriy saylovlarda mamlakatda ilk bor aralash saylov tizimi, ya'ni majoritar va proporsional tizim qo‘llanildi. Saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 74,72 foizi qatnashdi», – deb xabar qilingan.