Nufuzli musobaqada o'zbekistonlik polvonlar ham munosib ishtirok etib, 13 oltin, 1 kumush va 4 bronza medalga egalik qildi.

Xurshidbek Choriyev (55 kg), Hayotbek G'aybullaev (66 kg), Nodirbek Mavlonberdiyev (73 kg), Ahror Ziyodullaev (81 kg), Jasur Xudoynazarov (90 kg), Asror Hamidov (100 kg), Maftuna Xolmatova (44 kg), Shahlo Hamidova (48 kg), Dilola Dehqonboyeva (52 kg), Komila Qahhorova (57 kg), Muxlisa Turdiyeva (63 kg), Ravzaxon Adasheva (70 kg), Pokizaxon Kamoliddinova (78 kg) oltin medalga sazovor bo'ldi.

Sitora Husanova (+78 kg) kumush, Quvonch Sadinov (60 kg), Abdulaziz Jo'rayev (81 kg), Og'abek G'aniyev (90 kg) va Aziza Najimova (48 kg) bronza medal sohibiga aylandi.

Shu tariqa Osiyo qit'asida tengsiz ekanini namoyon qilgan o'zbek polvonlari umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.