Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abu-Dabi valiahdini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, doʻst Amirliklar xalqiga farovonlik, muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.

Muloqot chogʻida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratildi.

Energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi, moliya, infratuzilma yoʻnalishlarida yirik qoʻshma loyihalarni, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi qator muhim dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish muhim ekan taʼkidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.