Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning “yashil” energetika tarmog‘i rivojiga eng ko‘p sarmoya kiritayotgan ushbu kompaniya bilan hamkorlik sermahsul bo‘layotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Bugungi kunda muqobil energetika sohasida 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar faol tayyorlanmoqda.
Suhbat chog‘ida kooperatsiyani yanada chuqurlashtirish, birinchi navbatda innovatsion loyihalarni, shu jumladan O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi doirasida ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.