Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Davlatimiz rahbarini Qatar Bosh vaziri – tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Davlat tashrifi dasturiga muvofiq, ertaga oliy darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, yetakchilar O‘zbekiston-Qatar munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.
Prezidentimiz Qatar ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.