O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi samimiy qarshi oldi.
Qarorgoh maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi.