Koʻksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon shohsupaga koʻtarildi. Oʻzbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi aʼzolari ham hozir boʻldi.

Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar boʻlib oʻtmoqda.