Unda davlatimiz rahbari tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotining maqsad va vazifalari ochib berilar ekan, mintaqaviy hamkorlikning muvaffaqiyatli omillari hamda Oʻzbekistonning tashkilotga raisligidagi ustuvor yoʻnalishlar haqidagi atroflicha maʼlumotlar ham oʻz ifodasini topgan.
Eslatib oʻtamiz: 2011-yilda tashkil etilgan “OIC Today” jurnali Islom hamkorlik tashkilotining Xalqaro biznes markazi guruhiga kiradi. Nashrning tiraji har chorakda 30000 nusxani tashkil qiladi. Bundan tashqari, nashrning kundalik auditoriyasi 2 milliondan ortiq mushtariydan iborat elektron shakli ham mavjud. Jurnal Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Yaponiya, Myanma va Buyuk Britaniya singari mamlakatlarda tarqatiladi.