Abduraim Homidov 1943-yilda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.
U mehnat faoliyatini 1960-yilda “Oʻzbekiston” jamoa xoʻjaligida mexanizator sifatida boshlagan. Keyinchalik shirkat xoʻjaligi pudratchisi, 2007-yildan boshlab esa “Shahand humo qushi” fermer xoʻjaligi rahbari sifatida samarali mehnat qilgan. 2017-yildan buyon mehnat faxriysi sifatida yurt ravnaqiga xizmat qilib kelgan.
Fermerlik harakatining fidoyi vakillaridan biri sifatida u paxtadan yuqori hosil olish boʻyicha oʻziga xos amaliy maktab yaratdi. Qishloq xoʻjaligiga qoʻshgan beqiyos xizmatlari uchun 1993-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi”, 2001-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2004-yilda esa yurtimizning oliy mukofoti — “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
Yuz.uz Abduraim Homidovning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya va hamdardlik bildiradi.