Shuningdek, ushbu uchrashuvda Ozarbayjon energetika vaziri oʻrinbosari K.Abbosov mehmon sifatida ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash masalalari muhokama etildi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.
Mazkur tadbirda tomonlar oʻrtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, “Qambarota GES-1” qurilishi loyihasining hozirgi holati hamda suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga, uchrashuvda Xitoyning “CEEC” kompaniyasi vakillari bilan Qirgʻiz Respublikasining Jalolobod viloyatida “Chotqol” GES qurilishi yuzasidan oʻtkazilgan dastlabki oʻrganishlar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi.
Uchrashuv soʻngida tomonlar oʻrtasida doimiy ishchi guruh yigʻilishlarini oʻtkazib turish va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni imzolash taklif etildi hamda tegishli hujjatlar imzolandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.