Unda Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ham ishtirok etdi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Forumdan koʻzlangan maqsad — Qirgʻizistonning energetika sohasini isloh qilish borasidagi ishlarini namoyish etish, investitsiya imkoniyatlarini, jumladan, Qambarota GES-1 loyihasini muhokama qilish, Markaziy Osiyoda toza energiyaga oʻtishni jadallashtirish boʻyicha salohiyatni namoyish etish.
Forumda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Avstriya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va qator xalqaro moliya institutlari vakillaridan iborat 200 ga yaqin energetika sohasi vakillari ishtirok etdi.
Forum doirasida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston Energetika vazirliklari oʻrtasida Qambarota GES-1ʻni qurish va foydalanish loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida uch tomonlama bitim imzolandi.
Bundan tashqari, energetika sohasida, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Qambarota GES-1ʻda suv-energetika resurslaridan foydalanishning oʻzaro maqbul mexanizmlarini yaratish boʻyicha kelishuvga erishildi.