Holat Samarqand tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan oʻrganildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Davlat inspektorlari tomonidan fuqaro oʻzining sahifasiga Oʻzbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan kapcha ilon, hind boygasi iloni, dasht qora iloni, boʻz echkemari hamda tulki bolalariga shafqatsiz munosabatda boʻlganligi yuzasidan voqea joyiga borib oʻrganganda, Samarqand tumani, Oʻrta Turkman MFYda yashovchi fuqaro E.Sh bu holatlar 2020-yilda doʻstlari bilan togʻ sayriga chiqqanida mahalliy ilonni koʻrib qolib, uni tutishgan va yana qaytib quyib yuborgan va buni oʻz profiliga joylashtirgan. Xuddi shunday oʻz yashash manzilidagi uyning orqa qismida joylashgan qishloq qabristonida tulki uyasini kovlab bolalarini olgan va aholi yashash manzilidan olisroqqa olib borib qayta quyib yuborganligini aytib oʻtgan. Bunga sabab qilib uyidagi parrandalarni yeb ketayotganligi koʻrsatilgan. Boshqa videolarda esa, turli tarmoqlardan olib, oʻz ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirganligini taʼkidlab oʻtgan.
Biroq shunday boʻlsada, mazkur fuqaroga nisbatan qonun talablariga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi.