Jumladan, eng yirik kelishuvlar quyidagilar boʻldi:

- Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va agrosanoat kompleksi sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik dasturi (1 317,9 mln. dollar);

- “Chevrolet” rusumli avtomashinalar komplektlari va butlovchi qismlarni yetkazib berish boʻyicha kelishuv (500 million dollar)

- Chimkent shahrida toʻqimachilik majmuasini qurish loyihasi boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi (loyiha qiymati 98 million dollar)

- “Angren-Pop-Qoʻqon-Andijon-Savay” temir yoʻl uchastkasida signalizatsiya va aloqa tizimini modernizatsiya qilish (76,4 mln. dollar);

- Oʻzbekistonda multimodal transport-logistika markazini qurish boʻyicha hamkorlik memorandumi (70 mln. dollar);

- “Artel” maishiy texnika ishlab chiqarish boʻyicha litsenziya shartnomasi (55 mln. dollar);

- “Qozogʻistonda kichik hajmdagi yigʻish usuli boʻyicha ”Chevrolet“ avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini moliyalashtirish boʻyicha kelishuv (50 mln. AQSH dollari);

- Ostonada keramik plitkalar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini boshlash toʻgʻrisidagi kelishuv (40 mln dollar) va boshqalar.

Shuningdek, Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv Memorandumi, energetika sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum va Samarqand va Turkiston shahar hokimklari oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro anglashuv Memorandumi imzolandi.