"O'zagrotexsanoatxolding" AJ tomonidan "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi bilan hamkorlikda “Turkistan” sanoat zonasi hududidagi "Brownfield" ishlab chiqarish maydonchasida qishloq xo'jaligi texnikalarini yig'ish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha 3 bosqichda olib boriladi. Umumiy investitsiya hajmi 12 million dollarni tashkil etadi. Amalga oshirilayotgan loyihaning to'liq quvvati ishga tushgach 100 ga yaqin ish o'rinlari yaratiladi.
Uchrashuv davomida "O'zagrotexsanoatxolding" AJ boshqaruvi raisi Nodir Otajonov Turkiston viloyatining sarmoyaviy muhitiga yuqori baho berdi.
O'z navbatida, Turkiston viloyati hokimi Umurzoq SHukeev bunday loyihalar ikki mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega o'zaro manfaatli hamkorlikning namunasi ekanligini ta'kidladi.
"O'zagrotexsanoatxolding" AJ mahalliylashtirish istiqboliga ega qishloq xo'jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Sanoat zonasi hududida 110 ot kuchiga ega universal-haydov traktorlari, 80 ot kuchiga ega paxta traktorlari, shuningdek, paxta terish mashinalari, 4 tonnagacha yuk ko'taradigan traktor tirkamalari, rotorli o'rgich-maydalagichlar, purkagichlar, paxta kul`tivatorlari hamda 3 va 4 korpusli pluglarni ishlab chiqarish ko'zda tutilgan.
Kompaniyamiz qozog'istonlik mutaxassislarni o'qitish va malakasini oshirish, shuningdek texnik xodimlar uchun amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish ishlarini amalga oshiradi.
O'z navbatida, "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi Qozog'iston Respublikasida qishloq xo'jaligi texnikalarini sotish uchun dilerlik va xizmat ko'rsatish tarmog'ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda
O'zbekiston Qozog'istonda traktor ishlab chiqaradi
Joriy yilning 28 may kuni "O'zagrotexsanoatxolding" AJ, Turkiston viloyati hokimiyati va Qozog'istonning "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi O'zbekistonda ishlab chiqariladigan qishloq xo'jalik texnikalarini Qozog'istonda yig'ish loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi va yo'l xaritasini imzoladilar.
Samarqand tumanida 1,1 mlrd sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan çoyxona foş etildi
- Özbekistonda 8,9 mingdan ziyod ambulatoriya-poliklinika muassasasi faoliyat yuritmoqda
- Jenevada Movarounnahrning maʼnaviy va ilmiy merosi taqdim etildi
- Eron elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, unga nota topshirildi
- Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
- Toşkentda BRT yölagi yana bir kilometrga uzaytirildi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi