"O'zagrotexsanoatxolding" AJ tomonidan "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi bilan hamkorlikda “Turkistan” sanoat zonasi hududidagi "Brownfield" ishlab chiqarish maydonchasida qishloq xo'jaligi texnikalarini yig'ish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha 3 bosqichda olib boriladi. Umumiy investitsiya hajmi 12 million dollarni tashkil etadi. Amalga oshirilayotgan loyihaning to'liq quvvati ishga tushgach 100 ga yaqin ish o'rinlari yaratiladi.
Uchrashuv davomida "O'zagrotexsanoatxolding" AJ boshqaruvi raisi Nodir Otajonov Turkiston viloyatining sarmoyaviy muhitiga yuqori baho berdi.
O'z navbatida, Turkiston viloyati hokimi Umurzoq SHukeev bunday loyihalar ikki mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega o'zaro manfaatli hamkorlikning namunasi ekanligini ta'kidladi.
"O'zagrotexsanoatxolding" AJ mahalliylashtirish istiqboliga ega qishloq xo'jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Sanoat zonasi hududida 110 ot kuchiga ega universal-haydov traktorlari, 80 ot kuchiga ega paxta traktorlari, shuningdek, paxta terish mashinalari, 4 tonnagacha yuk ko'taradigan traktor tirkamalari, rotorli o'rgich-maydalagichlar, purkagichlar, paxta kul`tivatorlari hamda 3 va 4 korpusli pluglarni ishlab chiqarish ko'zda tutilgan.
Kompaniyamiz qozog'istonlik mutaxassislarni o'qitish va malakasini oshirish, shuningdek texnik xodimlar uchun amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish ishlarini amalga oshiradi.
O'z navbatida, "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi Qozog'iston Respublikasida qishloq xo'jaligi texnikalarini sotish uchun dilerlik va xizmat ko'rsatish tarmog'ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda
O'zbekiston Qozog'istonda traktor ishlab chiqaradi
Joriy yilning 28 may kuni "O'zagrotexsanoatxolding" AJ, Turkiston viloyati hokimiyati va Qozog'istonning "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi O'zbekistonda ishlab chiqariladigan qishloq xo'jalik texnikalarini Qozog'istonda yig'ish loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi va yo'l xaritasini imzoladilar.
Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
- “Yangi Oʻzbekiston” gazetasida yana bir shov-shuvli maqola: Olimlar yaratayotgan ilmiy mahsulot nega bozorini topa olmayapti?
- 2030-yilga kelib sun’iy intellekt uchun 1,3 milliard kishining ehtiyojlariga teng miqdorda chuchuk suv sarflanishi bashorat qilindi
- Toshkentda yashovchi fuqaro firibgarning tuzog‘iga tushib, 5 ming dollaridan ayrildi
- Xorazm viloyatida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qo‘ygan MChJ rahbari fosh etildi
- Sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga kiritilishining oldi olindi
Sun’iy intellekt nima uchun hech qachon inson o‘rnini bosa olmasligi ma’lum bo‘ldi
- Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- 2026-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin — NOAA
- Kasal tishlarning yurak va miyaga jiddiy ta’siri aniqlandi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi