Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Toʻlqin Qosimov 1962-yildan boshlab 2003-yilga qadar Qurolli Kuchlar safida xizmat qilib, harbiy okrug qoʻmondoni, mudofaa vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshligʻi hamda Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshligʻi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Xizmati davomida I-II-darajali “Shon-sharaf”, “Qizil yulduz” va II-III-darajali “Vatanga xizmati uchun” ordenlari hamda koʻplab medallar bilan taqdirlangan.

“Mudofaa vazirligi rahbariyati Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan general-polkovnik Qosimov Toʻlqin Yoʻldashevichning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.