Mazkur memorandumning maqsadi hamkorlikdagi institutsional oʻzaro munosabatlar uchun asos yaratish va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Memorandum doirasida norma ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek oʻzaro manfaatli boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilish koʻzda tutilmoqda.
Mazkur hujjat ikki mamlakat vazirliklari oʻrtasida huquq va adliya sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, ragʻbatlantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumot oʻrnida keltirib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlarning yigirmadan ortiq adliya vazirliklari bilan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatilganini qayd etish joiz.