Universitetning bugungi holati, erishilgan yutuqlari, infratuzilmasi va istiqbolli rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek “Yoshlar kuni” munosabati bilan Bosh prokuror universitetning harbiy ta’lim fakulteti talabalari va sport yo‘nalishidagi faol yoshlar bilan ochiq va mazmunli suhbat o‘tkazdi.

Tashrif davomida Baxriddin Valiyev yoshlarga huquqni muhofaza qilish sohasidagi islohotlar haqida so‘zlab berdi hamda yoshlarning taklif va mulohazalarini tinglab, qimmatli maslahatlar berdi.