Davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ulkan demokratik o‘zgarishlarni, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi samarali faoliyati uchun quyidagilar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin:

 

1. Fuat Oktay - Turkiya Respublikasi Vitse-Prezidenti

2. Manturov Denis Valentinovich - Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri

3. Xolid Abdulaziz al-Falih - Saudiya Arabistoni Podshohligi Investitsiyalar vaziri

4. Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy - Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri

5. Lyuk Devin - Yevropa tashqi aloqalar xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori o‘rinbosari

6. Van Yanchji - Ipak Yo‘li Jamg‘armasi prezidenti – Direktorlar kengashi ijrochi direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)

7. Deniyel Rozenblyum - AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

8. Guliyev Guseyn Rzagulu o‘g‘li - Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

9. Chernikova Alevtina Anatolevna - Rossiya Federatsiyasining «MISiS» milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori

10. Malishev Vladimir Sergeyevich - Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori

11. Tregulova Zelfira Ismailovna - Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)

12. Ziyadullayev Nabi Saidkarimovich - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maslahatchisi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                   Sh.Mirziyoyev