Mazkur xalqaro anjuman parlamentlararo hamkorlik va muloqotni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Konferensiya oʻtkazilishidan maqsad konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarni amalga oshirishda milliy va xalqaro tajribalarni qiyosiy tahlil etishdan iboratdir.
Shu bilan birga, milliy va jahon konstitutsiyaviy taraqqiyotida global jarayonlarning mohiyatini aniqlash hamda jamiyatda konstitutsiyaviy qadriyatlarni ilgari surish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish ham kuzda tutilgan.
Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Eron, Belarus, Ozarbayjon hamda Armaniston davlatlarining parlamentlari rahbarlari ishtirok etyapti.
Konferensiya doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan parlamentlar rahbarlari oʻrtasida koʻp tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda Senat Raisi Tanzila Narbayeva Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstona aloqalar kengayib borayotgani, shu jumladan parlamentlararo hamkorlik yanada rivojlanayotganligini taʼkidlab oʻtdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Anjuman oʻz ishini ertaga davom ettiradi.