Shuningdek, majlisda MDH ishtirokchi davlatlari parlamentlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdi.
Tantanali majlisda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva soʻzga chiqdi.
Oʻzbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Assambleya qisqa vaqt ichida MDH hududida parlament aʼzolarining oʻzaro hamkorligining samarali mexanizmiga aylanganini va jahon parlamentarizmi tizimida oʻzining munosib oʻrin egallaganini taʼkidladi.
MDH Oʻzbekiston uchun Hamdoʻstlik mamlakatlari fuqarolari manfaatlari yoʻlida hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishda samarali maydon hisoblanadi, – deb alohida urgʻu berdi Senat Raisi T. Narbayeva.
Oʻzbekiston nafaqat katta parlament oilasining faol ishtirokchisiga aylangani, balki MDH doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga ham munosib hissa qoʻshayotgani taʼkidlandi.
“Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining 30 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror majlisda koʻrib chiqilgan asosiy masalalardan biri boʻldi.
Majlisda sogʻliqni saqlash, saylov oʻtkazish, saylov jarayoni va boshqa masalalar yuzasidan ham maʼruzalar tinglandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.