Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi.
Asosiy eʼtibor Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichda yanada mustahkamlash, sanoat, energetika va kimyo tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalarida kooperatsiyani kengaytirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga qaratiladi.
Sammit yakunida hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, tashrif davomida Ashxobod shahrida “Toshkent” bogʻini ochish va Chegaraoldi savdo markazini qurish boʻyicha loyihani birgalikda boshlab berish rejalashtirilgan.