Mazkur hududdagi holat yana-da keskinlashishi tinch aholi orasida qurbonlar boʻlishiga olib kelishi, MDH hududidagi muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiyalarni buzishi, mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkin.

Oʻzbekiston tomonlarning oʻta sabr-toqatli boʻlishi tarafdori ekanini taʼkidlab, holatni barqarorlashtirish hamda ushbu vaziyatdan chiqish uchun siyosiy-diplomatik muzokaralar yoʻlini tanlashga chaqiradi.

Shu oʻrinda, halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiramiz.