Bu davlatimizda ayollarning turli sohalardagi faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar samarasidir.
Shu kunlarda gvardiyachi qizlar jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida dala oʻquv mashgʻulotlarida qatnashib, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlamoqda.
Mashgʻulotlarda qizlar taktik harakatlar, oʻq otish, jangovar vaziyatda toʻgʻri qaror qabul qilish, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi muhim yoʻnalishlar boʻyicha amaliy mashqlarni bajarishdi.
Yaqinda oʻtkazilgan dala oʻquv mashgʻulotlarida gvardiyachi qizlar taktik harakatlar, oʻq otish, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi koʻnikmalarni amalda mustahkamlashdi.
— “Biz erkaklar bilan yelkadosh turib, yurtimiz tinchligi yoʻlida xizmat qilishdan faxrlanamiz”, — deb taʼkidlashdi mashgʻulot qatnashchilari.
Bunday mashgʻulotlar gvardiyachi qizlarning jasorati va masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.








