Bayram tadbirida milliy taomlar ko'rgazmasi ham bo'lib o'tdi. Unda mamlakatimiz vakillari tomonidan tayyorlangan manti taomi taqdim etildi.

Festival` ishtirokchilari O'zbekiston elchixonasi stendini yuqori baholadi. Mehmonlar mamlakatimiz gastronomik turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari, O'zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini namoyish etish, uning sayyohlik salohiyatini yuksaltirish maqsadida milliy stendda hunarmandchilik, to'quvchilik va kulolchilik buyumlari namoyish etildi.

Festivalda ozarbayjonlik san'atkorlar tomonidan o'zbek milliy qo'shiqlari ijro etildi, tadbir boshlovchilari esa ishtirokchilarga O'zbekistonga sayohat qilishni tavsiya etdi.

Diplomatik missiyaning festivaldagi ishtiroki Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi.