“Mix Master Ikrom” MCHJ o'zi a'zo bo'lgan O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so'ragan.
Uning murojaatiga ko'ra, Toshkent viloyati Idoralararo komissiyasining faoliyatsiz obyekt mulkdoriga nisbatan ta'sirchan soliq chorasini qo'llash bo'yicha xulosasini vakolatga ega bo'lmagan ishchi guruh rahbari bo'lmish Qibray tumani hokimi tomonidan qonunga xilof ravishda chiqarilganligi natijasida tuman DSIning asoslantirilmagan tegishli qarorlari bilan “Mix Master Ikrom” MCHJga nisbatan 107,5 million so'm miqdorida soliq qarzdorligi hisoblangan.
Palata tomonidan mazkur masala o'rganib chiqilganda, Idoralararo komissiyasining faoliyatsiz obyekt mulkdoriga nisbatan ta'sirchan soliq chorasini qo'llash bo'yicha xulosasi Qibray tumani hokimi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 04-sentyabrdagi PQ-3928-sonli Qaroriga zid ravishda qabul qilinganligi aniqlandi.
Palata tomonidan o'z a'zosi manfaatida Qibray tumani hokimining xulosasini haqiqiy emas deb topish hamda Qibray tumani DSIning manfaatdor shaxsga nisbatan soliq qorzdorligini hisoblash to'g'risidagi qarorlarini qabul qilishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof, deb topish haqida sudga ariza kiritildi.
Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma'muriy sudi tomonidan Palataning da'vo talablari qanoatlantirilib, javobgar Qibray tumani hokimining 12.07.2019-yildagi 1/JM-4-1105-sonli xulosasi xaqiqiy emas deb, uni chiqarishdagi ifodalangan hatti-harakati esa qonunga xilof, deb topildi.
Shu bilan birga, javobgar Qibray tuman DSIning 23.11.2020-yildagi 2346036-sonli, 28.12.2020-yildagi 2435808-sonli, 06.01.2021-yildagi 2480537-sonli, 18.01.2021-yildagi 2525422-sonli, 26.03.2021-yildagi 2778276-sonli, 16.04.2021-yildagi 2811307-sonli, 14.05.2021-yildagi 2826446-sonli, 11.06.2021-yildagi 2938568-sonli, 12.07.2021-yildagi 2965602-sonli va 17.08.2021-yildagi 3009358-sonli qarorlarini qabul qilishdagi ifodalangan hatti-harakatlari qonunga xilof deb topilib, shu orqali Palata a'zosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.