Bu haqda 30-sentyabr kuni Senat yigʻilishida Transport vaziri Ilhom Mahkamov maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, poyezdlar Oʻzbekiston temir yoʻllarida sinovdan oʻtkaziladi. Soʻngra sinovlar oʻzini oqlagach poyezdlarning katta partiyasini xarid qilish imkoniyati koʻrib chiqiladi.
Maʼlumot uchun: Transport vazirligi rahbari 13-sentyabr kuni Stadler Rail kompaniyasining MDH davlatlari boʻyicha raisi Aleksandr Luft bilan uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni muhokama qilgandi.