Qarorga koʻra:
- “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi “Temiryoʻlekspress” AJ loyihani oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirish hamda Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
- “Oʻzmilliybank” AJ Koreya Eksimbanki tomonidan taqdim etiladigan qarzlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi;
- Koreya Eksimbanki tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi “Temiryoʻlekspress” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vaziriga Hukumat nomidan qarzlarni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berildi.
“Oʻzmilliybank” AJga Koreya Eksimbanki qarzi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berildi.