Bo'stonliqqa O'zbekistonning SHveytsariyasi, deb bejiz ta'rif berilmagan. Havosining musaffoligi, go'zal manzaralar, bepoyon archazorlar, CHorvoq suv omboridagi zilol tiniq suv har bir kishining e'tiborini tortishi tabiiy.
Bo'stonliq tumanida 30 ga yaqin yirik sanatoriy mavjud bo'lib, bugungi kunda yana 15 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Ularda biri – "Oqtosh" sanatoriysi ham dam oluvchilarni kutib olishni boshladi. Lekin bu erga tashrif buyurganlar karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda dam olishadi.
Xonalar bir martalik niqob, qo'lqop va antiseptik vositalar bilan ta'minlangan. Ammo dam oluvchilarning yaqinlariga ko'rgani kelish esa ta'qiqlanadi. Tanishlari bilan ko'rishish ham mumkin emas. Albatta, tibbiy niqob va qo'lqopda yuriladi. Hovlidagi o'rindiqlar ham masofa saqlangan holda o'rnatilgan bo'lib, ularga vaqti-vaqti bilan antiseptik dorilar sepib turiladi. Sanatoriy hovlisiga chetdan engil avtomashinalar ham kiritilmaydi.
– Baraka topishsin, karantin qoidalariga rioya qilish uchun bu erda barcha shart-sharoitlar yaratilgan, -– deydi dam oluvchi mehnat faxriysi Ahmadjon YUsufbekov. – Xonalar va hovli ozoda, doimiy ravishda kimyoviy ishlab berib turiladi. SHifokorlar va xizmat qiluvchilarning ham barchasi tibbiy niqobda. Sog'ligimizga shunchalik e'tibor berishayotganini ko'rib, xursand bo'lasiz. Bu erning havosi menga yoqadi. SHu bois, turmush o'rtog'im bilan har yili kelib, davolanaman.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Bo'stonliq tumanidagi barcha sanatoriy va ko'pgina dam olish maskanlari faoliyatini boshladi. SHu bois, dam oluvchilar va sayyohlar oqimi asta-sekinlik bilan ko'paymoqda.