Oʻzbekiston sunʼiy intellektga tayyorgarlik boʻyicha xalqaro indeksda 17 pogʻona yuqoriladi

    Oʻzbekistonda ham sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha alohida qaror qabul qilinib, sohaning huquqiy asoslari yaratildi.

    Qisqa davrda davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yoʻnalishlarda 30 dan ortiq pilot loyihalar ishga tushdi.

    Oʻtgan yili Sunʼiy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

    Raqamli texnologiyalar vazirligida mazkur soha bilan ishlaydigan alohida markaz tashkil etildi.

    Bir yilda mamlakatimiz sunʼiy intellektga tayyorgarlik boʻyicha xalqaro indeksda 17 pogʻona yuqoriladi (dunyoda 70-oʻrin, Markaziy Osiyoda 1-oʻrin).