Quvonarlisi unda Oʼzbekiston taekvondo terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va jami 4ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medalini qoʼlga kiritdi.
Ulugʼbek Rashitov, Jasurbek Jaysunov, Nikita Rafalovich va Shuhrat Salayev barcha raqiblarini magʼlub etib, Osiyo chempioni degan nomga sazovor boʼlishdi va terma jamoamiz hisobiga 4ta OLTIN MEDАLni qoʼshib qoʼydi! Bungacha mustaqil Oʼzbekiston tarixida hech qachon Osiyo chempionatida 4ta oltin medalь qoʼlga kiritilmagan edi!
Yana bir faxrlanadigan jihat: oʼzbekistonlik erkak taekvondochilar taekvondo vatanida yaʼni Janubiy Koreyada, taekvondo yurtida katta boʼlgan sportchilarni oltin medallar soni boʼyicha dogʼda qoldira olishdi 4:3! Bundan tashqari eronlik erkak taekvondochilar bu Osiyo chempionatida oʼzbekistonlik sportchilarga hech qanday qarshilik qila olishmadi va bironta oltin medalni qoʼlga kirita olishmadi.