O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Kobul shahrida Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan uchrashdi.

    «Dunyo» AA olgan surat

    «Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund Janobi Oliylari bilan uchrashuvdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Birodar va qo‘shni Afg‘oniston bilan o‘zaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga intilyapmiz.

    Uchrashuvimiz davomida savdo, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy bog‘liqlikni rivojlantirish, jumladan, «O‘zbekiston - Afg‘oniston – Pokiston» temir yo‘li bo‘yicha hadli bitimni muhokama qildik. Bu mintaqaviy integratsiya yo‘lidagi muhim qadamdir.

    O‘zbekiston hukumati infratuzilma, logistika, energetika va ta'lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga tayyor. Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarishi lozim, deb hisoblaymiz».

    Bu haqda «Dunyo» AA xabar beradi.