Bu haqda u oʻzining telegram kanalida maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, dunyoning turli mintaqalari vakillari xavfsizlik siyosatidagi asosiy masalalarni muhokama qilish uchun Germaniyada yigʻildi.

"Bugungi kunda Markaziy Osiyo bir mintaqada davlatlari umumiy farovonlik yoʻlida turli masalalarni tinch yoʻl bilan hal eta olishi, yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarshi birlashib, yanada kuchli boʻlishi mumkinligini yorqin namoyon qilmoqda", — deyiladi xabarda.

Forum davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global miqyosdagi koʻplab dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, Gruziya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa mamlakatlardan kelgan diplomatlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Vazirning qayd etishicha, anjumanda erishilgan yutuqlar koʻrib chiqilib, yangi istiqbolli maqsadlar belgilab olinmoqda.