Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

    Xavfsizlik 13 Iyun 2025 994

    Barcha tomonlarni toʻliq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yoʻl bilan hal etishga chaqiramiz, — deyiladi vazirlik bayonotida.

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.

    Barcha tomonlarni toʻliq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yoʻl bilan hal etishga chaqiramiz.

    Keng koʻlamli toʻqnashuvga olib kelishi mumkin boʻlgan jiddiy Vaziyatning yanada keskinlashuvi xavotir uygʻotmoqda.

    Oʻzbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarga koʻmaklashishga tayyorligini bildiradi, — deyiladi xabarda.