Mamlakatmiz Bosh konsuli Farid Nasriyev kitoblarni kutubxona direktori Madina Timerzayanovaga topshirdi.

Tatariston Milliy kutubxonasi direktori taqdim etilgan kitoblar uchun minnatdorlik bildirib, ushbu nashrlar kutubxona o'quvchilari o'rtasida alohida o'rin egallashini ta'kidladi.

Bundan tashqari, Madina Timerzayanova O'zbekiston kutubxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini qayd etdi. U kitob va adabiyotlar almashinuvi bo'yicha «Ipak yo'li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasi bilan ham aloqalarni yo'lga qo'yish taklifini bildirdi.