“Oʻzbekiston temir yoʻllari” chiptalarga chegirmalar eʼlon qildi

    Transport 22 Dekabr 2021 2688

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati bayramlar va qoʻshimcha dam olish kunlarida talabalar, pensionerlar, nogironlar va yana bir nechta aholi vakillariga temir yoʻl chiptalariga chegirmalar berilishini maʼlum qildi.

    2021-yil 31-dekabrdan - 2022-yil 4-yanvar, 2022-yil 21-23-mart hamda 1-2-sentyabr kunlarida quyidagi chegirmalar mavjud:

    - Nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning taʼrif qismidan – 50%;

    - Oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga chiptaning taʼrif qismidan – 15%;

    - Oilaviy poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning taʼrif qismidan – 15%;

    - Bir jamoadan guruh boʻlib poyezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yoʻriqnoma asosida) chiptaning taʼrif qismidan – 15%;

    - “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga chiptaning taʼrif qismidan - 10%.

    IZOH: Imtiyozli boʻlgan chiptalarni faqat temiryoʻl kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

    Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.