Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun 4-marta sudlangan O.A. fuqaro I.M.ga tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari va Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “D. A.” MCHJ oʻrgatuvchisi Gʻ.E. fuqaro U.M.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 4,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Shoʻrchi tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro A.X. fuqaro A.T.ga “V. S.” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida, shu kabi, Shoʻrchi tumanida A.N. fuqaro T.J.ga imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.