Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganiga xavotir bildirdi

    Xalqaro hamkorlik 1 Iyun 2023 1448

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan kosmik raketa uchirilganiga xavotir bildirdi.

    "Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan 31-may kuni tashuvchi kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildiradi.Ushbu holat Koreya yarimorolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi.

    BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirgʻin qurollarining barcha turlarini sinovdan oʻtkazishdan bosh tortish tarafdorimiz. Oʻzbekiston tomoni bundan keyin ham umumiy farovonlik va taraqqiyot yoʻlida Koreya yarimorolida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha faol qadamlarni qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi", — deyiladi TIV xabarida.