Tadbirda Hindiston, Oʻzbekiston, Koreya Respublikasi, Bangladesh, Belarus, Bahrayn, Butan, Vyetnam, Indoneziya, Tailand, Tojikiston, Afgʻoniston, Shri-Lankadan toʻqimachilik va ipakchilik sohasi mutaxassislari, hunarmandlar oʻz taqdimotlarini namoyish etdi.
Onlayn vebinarning ochilish marosimi ushbu mamlakatlarning Hindistondagi elchilari ishtirokida Hindiston Madaniy aloqalar kengashi binosida tashkil etildi.
Marosimda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining vebinar ishtirokchilariga videomurojaati namoyish etildi. Narendra Modi oʻz nutqida toʻqimachilik sohasi nafaqat ulkan iqtisodiy, balki xalqlar oʻrtasida madaniy muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Dasturga koʻra, vebinar ishi seksiyalarga ajratilgan holda davom ettirildi. Seksiyalar tarkibida yuqorida qayd etilgan 13 davlat vakillari tegishli mavzular boʻyicha oʻz taqdimotlarini oʻtkazdi.
Vebinar davomida Buxoro viloyati hokimligi vakillari va viloyat hunarmandlari Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati, bu boradagi mavjud investitsion salohiyat xususida taqdimotni namoyish etdi. Unda yurtimizda hunarmandchilik anʼanalarini asrab-avaylash va rivojlantirishga davlat darajasida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatining ipak gilam toʻqish anʼanalari boʻyicha berilgan maʼlumotlar tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Oʻzbekiston toʻqimachilik va ipakchilik sohasi salohiyati Hindistonda taqdim etildi
Hindiston Madaniy aloqalar kengashi va Uttar-Pradesh dizayn instituti tomonidan tashkil etilgan “Toʻqimachilik aloqalari: Toʻquv anʼanalari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro vebinarda mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi va Buxoro viloyati hokimligi vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi
- Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi
- Pedagog kadrlar malaka toifasini olish uchun necha ball to‘plashi zarur?
- Oʻzbekiston va Serbiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqdilar
- O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
- Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi
OTMlarda talabalar o'rtasida qayta taqsimlangan davlat granti natijalari eʼlon qilindi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar koʻrib chiqildi
- O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muloqoti Buxoroda davom etadi
- Kichik va mikro gidroenergetikani rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
- Toshkent shahridagi oliygohlarda darslarning soat 08:00 da boshlanishi yo‘llardagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi