Tadbirda Hindiston, Oʻzbekiston, Koreya Respublikasi, Bangladesh, Belarus, Bahrayn, Butan, Vyetnam, Indoneziya, Tailand, Tojikiston, Afgʻoniston, Shri-Lankadan toʻqimachilik va ipakchilik sohasi mutaxassislari, hunarmandlar oʻz taqdimotlarini namoyish etdi.
Onlayn vebinarning ochilish marosimi ushbu mamlakatlarning Hindistondagi elchilari ishtirokida Hindiston Madaniy aloqalar kengashi binosida tashkil etildi.
Marosimda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining vebinar ishtirokchilariga videomurojaati namoyish etildi. Narendra Modi oʻz nutqida toʻqimachilik sohasi nafaqat ulkan iqtisodiy, balki xalqlar oʻrtasida madaniy muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Dasturga koʻra, vebinar ishi seksiyalarga ajratilgan holda davom ettirildi. Seksiyalar tarkibida yuqorida qayd etilgan 13 davlat vakillari tegishli mavzular boʻyicha oʻz taqdimotlarini oʻtkazdi.
Vebinar davomida Buxoro viloyati hokimligi vakillari va viloyat hunarmandlari Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati, bu boradagi mavjud investitsion salohiyat xususida taqdimotni namoyish etdi. Unda yurtimizda hunarmandchilik anʼanalarini asrab-avaylash va rivojlantirishga davlat darajasida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatining ipak gilam toʻqish anʼanalari boʻyicha berilgan maʼlumotlar tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Oʻzbekiston toʻqimachilik va ipakchilik sohasi salohiyati Hindistonda taqdim etildi
Hindiston Madaniy aloqalar kengashi va Uttar-Pradesh dizayn instituti tomonidan tashkil etilgan “Toʻqimachilik aloqalari: Toʻquv anʼanalari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro vebinarda mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi va Buxoro viloyati hokimligi vakillari ishtirok etdi.
Samarqandda «IMKON» markazi ochildi
- FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari eʼlon qildi
- FarDU voleybolchilari Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekiston Prezidenti va YXHT Parlament assambleyasi raisi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab oldilar
- Logistika – dunyoga ochilish yoʻli
- Oʻzbekistonda 4,63 million tonna paxta yigʻib olindi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi