Madaniyat vazirligi maʼlumotiga koʻra, ushbu nufuzli festivalda Kristina Vorobyova rahbarligidagi “Oʻzbeksirk“ muassasasining “Osmoniy farishtalar“ jamoasi kanatda yurish janrida “Uch nafas“ raqami bilan ishtirok etib, 3-oʻrinni egalladi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Ushbu yoʻnalishda Peru vakillari birinchi, Belgiya, Portugaliya, Xitoy artistlari ikki oʻringa loyiq koʻrildi. Rossiya, Oʻzbekiston, Vengriya sirk sanʼati ustalari mos ravishda uchinchi oʻrinni band etishdi.

“PULS” nomli xalqaro sirk festivalida dunyoning 20 dan ortiq davlati ijodiy jamoalar va 100 nafarga yaqin jahon darajasidagi sirk artistlari ishtirok etdi.