“Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida ishtirok etganimizdan mamnunmiz”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
U oʻz vaqtida tashkil etilgan tadbir uchun Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanga minnatdorlik bildirdi.
Yigʻilishda mintaqaviy va global xavfsizlikka tobora ortib borayotgan tahdidlar, shuningdek, ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi hamjihatlik va muvofiqlashuvni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, barqarorlik, oʻzaro bogʻliqlik va izchil rivojlanishni ragʻbatlantirishga qaratilgan asosiy tashabbuslarni ilgari surishni qoʻllab-quvvatlaydi.