Oʻzbekiston Turkiya bilan mahkumlarni topshirish boʻyicha shartnoma imzoladi

    Xalqaro hamkorlik 17 Fevral 2023 1148

    Joriy yilning 15-fevral kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya bilan mahkumlarni topshirish boʻyicha hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.

    Eslatib oʻtamiz, mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtgan yilning oktyabr oyida qabul qilingan, dekabr oyida esa Senat tomonidan koʻrib chiqilib, maʼqullangan edi. Bitim imzolanishi joriy yilning 30-mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidentining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida boʻlib oʻtdi.

    Mazkur hujjat Oʻzbekiston va Turkiya fuqarolariga jazoni oʻz vatanlarida oʻtash imkonini beradi. Mazkur qonunning qabul qilinishi fuqarolar huquq va manfaatlarini yanada samarali himoya qilish bilan birga, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.