Muloqot chog‘ida Eron tomoni so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari turli sohalarda rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, Prezident Mas’ud Pezeshkiyon mamlakatimiz bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotganini e'tirof etdi.
Seyed Rizo Solehi Amirining qayd etishicha, Eron Prezidenti turizm sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zaro sayyohlar sonini oshirish kabi masalalarni aloqalarni taraqqiy ettirishda muhim deb biladi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Eron qo‘shma turizm qo‘mitasini tuzish hamda UNESCO doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida Eron tomoni O‘zbekistonning turizm sohasi vakillarini joriy yil 11-14-fevral kunlari Tehronda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 18-xalqaro turizm ko‘rgazmasiga taklif etdi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.