Muloqot jarayonida ikki davlat oʻrtasida boʻlib oʻtgan oliy va yuqori darajadagi tashrif va muloqotlar hamda Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 14-yigʻilishi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash, jumladan, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari va sanoat kooperatsiyasi koʻlamini yanada kengaytirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.

Ilm-fan va innovatsiya sohasida hamda Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari doirasida ikki davlat tomonidan eʼlon qilingan qoʻshma “startap” loyihalari ijrosini jadallashtirish masalasi ham koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi ikki tomonlama keng qamrovli munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama etildi. Tomonlar kun tartibidagi boshqa qator muhim masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashdi.